19 AvgustAvgustAvgust 2026
13 ko'rishlar
UrDUda Malayziyaning MARA universiteti delegatsiyasi ishtirokida seminar-trening o'tkazildi
Urganch davlat universitetida MARA universiteti vakillari ishtirokida madaniyatlararo almashinuv va media-tadqiqotlarga bag'ishlangan seminar-trening bo'lib o'tdi.
Urganch davlat universitetida Malayziyaning MARA universiteti delegatsiyasi bilan seminar-trening tashkil etildi. Tadbir davomida Malayziya madaniyati, an’analari va madaniyatlararo almashinuv masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, malayziyalik yosh media-tadqiqotchilar o'zlarining ilmiy loyihalari va izlanishlari taqdimotini o'tkazdilar. UrDUning volontyor talabalari ham tadbirda qatnashib, xorijlik mehmonlar bilan ikki davlat madaniyatining mushtarak va o'ziga xos jihatlari yuzasidan o'zaro fikr almashdilar.