WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
11 FevralFevralFevral 2025 88 ko'rishlar

Seminar

Qoʻqon davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida Fargʻona vodiysi matematiklarining navbatdagi birlashgan seminari tashkil etildi.

Seminarda soha mutaxassislari, professor-oʻqituvchilar, matematikani chuqurroq oʻrganishga qiziqqan talabalar qatnashdi.

Ishtirokchilar kun davomida yetakchi mutaxassislarning maʼruzalarini tinglab, bilim va tajribalarini mustahkamlashdi.

Ishtirokchilar matematikani oʻqitishda zamonaviy bilim va koʻnikmalarini oshirish imkoniyatiga ega boʻlib, soha mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan amaliy mashgʻulotlar va nazariy bilimlarni oʻzlashtirishdi.  

Tadbirda doirasida “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazilib, unda olimlar oʻzlarining ilmiy sohadagi tajribalari bilan oʻrtoqlashdi. Uchrashuv samimiy, mazmunli hamda savol-javoblarga boy boʻldi.

Boshqa yangiliklar