UrDUda Xalqaro matematika konferensiyasining ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda
Urganch davlat universitetida “Diofant yaqinlashtirishlari va tutash masalalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyaning ikkinchi kunida dunyoning nufuzli ilmiy markazlari olimlari ma'ruza qilmoqda.
Urganch davlat universitetida “Diofant yaqinlashtirishlari va tutash masalalar” mavzusiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya davom etmoqda. Anjumanning ikkinchi kunida Moskva davlat universiteti, Xitoy Fanlar akademiyasi, Sorbonna Parij Shimol universiteti, Tsukuba universiteti, Oliy iqtisodiyot maktabi va Shanxay Matematika va fanlararo tadqiqotlar instituti olimlari o'z ilmiy ma'ruzalarini taqdim etmoqdalar. Taqdimotlar davomida Diofant yaqinlashtirishlari va ko'rsatkichlari, Kantor to'plamlari, algebraik sonlar ile bir jinsli fazolardagi chegaralangan orbitalar kabi zamonaviy matematikaning muhim sohalaridagi tadqiqot natijalari muhokama qilinmoqda.