UrDU olimlarining Turkiyaning Ege universitetiga ilmiy-amaliy tashrifi
UrDU Fizika kafedrasi dotsenti K.Yakubov va yosh tadqiqotchilar Ege universitetining BESTMER markazida biogaz va biomassa energiyasi bo'yicha amaliy va eksperimental tadqiqotlar olib bormoqda.
Urganch davlat universiteti Fizika kafedrasi dotsenti K.Yakubov hamda yosh tadqiqotchilar Turkiyaning Ege universiteti huzuridagi BESTMER (Biomassa energiyasi tizimlari va texnologiyalari) ilmiy markazida ilmiy safarda bo'lib turibdi. Tashrif davomida qo'shma grant loyihalari, patentlar yaratish va ilmiy maqolalar chop etish masalalari muhokama qilindi. UrDU tayanch doktorantlari xorijiy PhD doktori Şefik Arici bilan tajriba ishlari o'tkazishdi hamda o'zlari yaratgan biogaz reaktorini turkiyalik mutaxassislarga taqdim etishdi. Shuningdek, tomonlar reaktor samaradorligini oshirish va kelgusidagi xalqaro hamkorlik rejalarini belgilab oldilar.