21 OktabrOktabrOktabr 2025
72 ko'rishlar
Qo‘qon DU olimalari Hindistonda ma’ruza o‘qishmoqda
Hindistonning nufuzli Jamia Millia Islamia universitetida Qo‘qon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari xalqaro ilmiy hamkorlik dasturi doirasida faol ishtirok etmoqda.
Xususan, professor Dilnozaxon Jamoliddinova va dotsent Dilafruz Rahmatullayeva mezbonlarning taklifiga binoan ushbu muassasa talabalari uchun ma’ruzalar o‘tkazish va tajriba almashish maqsadida Hindistonda bo‘lib turibdilar.
Jamia Millia Islamia universitetining O‘zbek tili kafedrasi mudiri, Hindistondagi o‘zbek tili bo‘yicha yagona professor Shohid Tasleem vakillarimiz bilan uchrashuvda ularni O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy qutladi va o‘z tilak hamda fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.