Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik – doimiy e’tiborda
Qo‘qon davlat universitetida Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Azizbek Qo‘chqorov hamda Qo‘qon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Abduvosit Nazirov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, ijarada yashovchi talabalarning yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishi, turar joy va o‘quv binolarida elektr hamda isitish asboblaridan to‘g‘ri foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Mutaxassislar fakultet dekanlari, dekan oʻrinbosarlari, tyutorlarga yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar. Uchrashuv yakunida xavfsizlik madaniyatini oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom ettirilishi ta’kidlandi.