WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
01 MayMayMay 2026 8 ko'rishlar

Samarqand davlat pedagogika institutiga Janubiy Koreya Respublikasida joylashgan AQShning University of Utah Osiyo kampusi (UAC) vakillari Georgy Hill va Mrs Hill tashrif buyurdi.

Samarqand davlat pedagogika institutiga Janubiy Koreya Respublikasida joylashgan AQShning University of Utah Osiyo kampusi (UAC) vakillari Georgy Hill va Mrs Hill tashrif buyurdi.

Dastur doirasida mehmonlar uchun O‘zbekistonning boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari va urf-odatlarini aks ettiruvchi madaniy tadbir tashkil etildi. Unda kichik konsert dasturi, milliy kuy-qo‘shiqlar hamda an’anaviy hunarmandchilik namunalari ko‘rgazmasi namoyish etildi. Bu esa mehmonlarda yurtimiz madaniyati va san’atiga nisbatan katta qiziqish uyg‘otdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, o‘zaro anglashuv memorandumi (MoU)ni imzolash, professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, talabalar uchun akademik mobillik dasturlarini tashkil etish hamda qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Boshqa yangiliklar