Xitoy delegatsiyasi vakillari talabalar bilan muloqot qildi
UrDU rektori hamrohligida Xitoyning XCMG kompaniyasi vakillari "2+1+1" qo‘shma dasturi talabalari bilan uchrashib, Xitoyda o‘qish va ishga joylashish imkoniyatlarini tushuntirdilar.
Xitoyning XCMG kompaniyalar guruhi vakillari Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova hamrohligida "2+1+1" qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olishi rejalashtirilayotgan talabalar bilan muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida talabalarga qo‘shma ta’lim dasturining mazmuni, o‘quv jarayonining tashkil etilish tartibi va bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa, XCMG kompaniyalar guruhida amaliyot o‘tash va o‘qishni tamomlagandan so‘ng ushbu yirik korxonada ish bilan ta’minlanish istiqbollari talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Muloqot yakunida talabalar xorijda tahsil olish shartlari va kelgusidagi kasbiy imkoniyatlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.