Institutga Xitoyning kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi
2024 yil 5-6 may kunlari Xitoyning China Isotope & Radiation Corporation bosh direktori WANG YAO boshchiligidagi delegatsiya Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.
Delegatsiya a’zolari: HUO YINGYING - China Baoyuan Investment Co., Ltd bosh direktor o‘rinbosari, ZHANG XIN - China Baoyuan Investment Co., Ltd bosh direktor o‘rinbosari, LIU SHINING - China Isotope & Radiation Corporation xalqaro marketing bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari, WANG ZIHAO – loyiha menejeri, HE JIANRONG - CNNC Medical Industry Management Co., Ltd. Bosh direktori, LI GUOXIANG - HTA Co., Ltd direktor o‘rinbosari, ZHU LIYAN - China National Nuclear Corporation (CNNC) Yevroosiy bo‘yicha vakili. Tashrif davomida institut rektori Sh.J.Teshayev institut infrastrukturasi, yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida delegatsiya a’zolarini tanishtirdi.
Ikki tomonlama muzokaralar davomida Buxoro davlat tibbiyot institutida Yadro tibbiyot markazini tashkil etish bo‘yicha investisiya masalalari muhokama qilindi. Barpo etiladigan markazning institut kampusidagi hududida qurilish lokatsiyasi, infrastrukturani yaratish, markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun siklotron faoliyatini tashkil etish va ishga tushirish masalalari muhokama qilindi.