Qoʻqon DU vakillari xalqaro konferensiyada ilmiy tajriba almashdilar
Qoʻqon davlat universiteti Pedagogika hamda Xorijiy tillar metodikasi kafedralarining professor-oʻqituvchilari hamda iqtidorli talabalardan iborat delegatsiya K.Toktomamatov nomidagi Xalqaro universitetda oʻtkazilgan “Raqamli o‘zgarishlar hamda inson kapitali: kelajagi va zamon chaqiriqlari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida ikki tomonlama ilmiy integratsiya, zamonaviy ta’lim texnologiyalari va innovatsion yondashuvlar yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Delegatsiya a’zolari mezbon universitetning ilmiy salohiyati, akademik muhit, laboratoriya va o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishib, xalqaro tajriba almashinuvi jarayonlarida faol qatnashdilar.
Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan xorijiy talabalarga mahorat darslari o‘tkazib, amaliy bilim va nazariy tajribalarini taqdim etdilar.