BuxDU vakillari Britaniya Kengashi tomonidan o'tkazilayotgan treningda ishtirok etmoqda
Britaniya Kengashi va Buyuk Britaniyaning “Advance HE” tashkiloti ekspertlari ishtirokida seminar-trening bo’lib o’tmoqda
2024-yilning 22-23-oktabr kunlari Britaniya Kengashining 2024-yil 14-oktabrdagi OC-28-37-son xatiga muvofiq oliy taʼlim tizimidagi tizimli va barqaror oʻzgarishlarni qoʻllab-quvvatlash hamda “Oliy taʼlim muassasalarida yangi boshqaruv kodeksi asoslari”ni yaratish doirasida ishchi guruh aʼzolari uchun Britaniya Kengashi va Buyuk Britaniyaning “Advance HE” tashkiloti ekspertlari ishtirokida seminar-trening bo’lib o’tmoqda.
Mazkur treningda Buxoro davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori ABROR JO'RAYEV, O`quv-uslubiy departament boshlig'i SUHROB DAVLATOV, Moliyalashtirish, iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish departamenti boshlig'i BOBIR ADIZOVlar ishtirok etishmoqda.