WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
09 IyunIyunIyun 2026 7 ko'rishlar

UrDU rektori Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro simpoziumda ma’ruza qildi

Xitoyning Dalyan shahrida o‘tkazilgan gumanitar almashuv simpoziumida UrDU rektori Feruza Madrahimova O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari haqida ma’ruza qildi.

  • Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimovaning Xitoy Xalq Respublikasi Lyaonin provinsiyasi Dalyan shahridagi Lyaonin pedagogika universitetiga xizmat safari davom etmoqda. Safar doirasida "Xitoy-O’zbekiston gumanitar almashuv va mintaqaviy sivilizatsiyalar o’zaro o’rganish" mavzusida xalqaro simpozium bo’lib o’tdi. Unda Urganch davlat universiteti rektori O’zbeksiton-Xitoy hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollari yuzasidan ma’ruza qildi. Mazkur tashrif ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Safar tafsilotlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berib boriladi.


Boshqa yangiliklar