WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
20 MartMartMart 2025 70 ko'rishlar

Rektor_va_yoshlar

QDPIda rektor va talabalar uchrashuvi, ochiq muloqotlar davom etmoqda

Qo‘qon davlat pedagogika institutida rektor va talabalar o‘rtasidagi ochiq muloqotlar izchil davom etmoqda. Bugungi uchrashuv Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalari bilan bo‘lib o‘tdi.  

Institut rektori Dilnoza Xodjayeva suhbat avvalida davlat rahbari tashabbusi bilan yoshlar bilan ishlashda yangi tizim joriy etilganligi va yoshlar har doim davlat e’tiborida ekanligini ta’kidlab o‘tdi.  

Samimiy ruhda o‘tgan ochiq muloqotda talabalar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirishdi, shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashishdi. O‘rtaga tashlangan muammolar batafsil muhokama qilinib, ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan muammolar bo‘yicha esa aniq chora-tadbirlar belgilandi. 

Uchrashuv talabalar va institut rahbariyati o‘rtasidagi ochiq va ishonchli aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Boshqa yangiliklar