Rektor_va_yoshlar
Murojaatlar nazoratga olindi, tashabbus va takliflar qoʻllab-quvvatlandi
Bugun Aniq va tabiiy fanlar fakultetida Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektori Dilnoza Xodjayevaning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi oʻtkazildi.
Ochiq hamda samimiy ruhda oʻtgan uchrashuv institut yoshlarning o‘z iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishi, bu yo‘lda muammolar bo‘lsa ularni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlandi.
Tadbirda talabalar oʻquv jarayonlariga xorijlik olimlarni jalb etish, talabalar turar joylari, yoshlar uchun ichki turizmni yanada kengaytirish, talabalarni darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli va maroqli tashkil etish kabi oʻndan ziyod oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, ayrimlariga huquqiy tushuntirish berildi.