08 AprelAprelAprel 2024
57 ko'rishlar
Nafosat malikalari
4-aprel kuni instutut xotin-qizlar maslahat kengashi hamda “Qizlarjon” klubi hamkorligida “Nafosat malikalari” ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.
Tanlovda talaba-qizlar san’at turlari, kitobxonlik va chevarchilik yo‘nalishlari bo’yicha bellashdilar. Ishtirokchi qizlar milliy liboslarda chiqishlari, shartlarning mohirona bajarishlari bilan o’zlarining istedod va qobilyatlarini namoyish etdilar va hakamlar hay’ati va tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo’ldilar.
Tadbir yakunida ko‘rik tanlov g‘oliblari va ishtirokchilari esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.