WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
10 DekabrDekabrDekabr 2025 118 ko'rishlar

“Munozara” saralash bosqichi: iqlim va ichimlik suvi masalalari muhokamada

Qoʻqon davlat universitetida “Talabalar oyligi” doirasida “Munozara” intellektual oʻyinining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning turli fakultetlaridan jami 12 ta jamoa ishtirok etib, o‘z bilimlari, notiqlik mahorati hamda mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini namoyish etdi.

Tadbir “Ekologik mas’uliyat haftaligi” doirasida o‘tkazilib, bahs mavzulari sifatida “Ichimlik suvi resurslarining kamayishi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq” va “Iqlim o‘zgarishi — kelajakka tahdid” kabi dolzarb masalalar tanlandi. Munozara jarayonida talabalar ekologik muammolarni tahlil qilish, ilmiy asoslangan fikr bildirish va mavzuga oid aniq takliflar berish orqali salohiyatini ko‘rsatishdi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar navbatdagi bosqichda o‘z mahoratlarini yanada sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Boshqa yangiliklar