20 MartMartMart 2025
85 ko'rishlar
Har tuning qadr oʻlubon, har kuning oʻlsin Navroʻz!
Qo‘qon davlat pedagogika institutida "Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!" degan bosh g‘oya asosida bahoriy bayram shodiyonalari qizg‘in davom etmoqda.
Xususan, Xorijiy filologiya fakultetida Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tantanada milliy kuy-qo‘shiqlar yangradi, urf-odat va an’analar namoyish etildi. Bayram dasturi davomida bahoriy she’rlar o‘qildi, jonli ijrodagi qoʻshiqlar barchaga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.
Bayram tadbirlarida fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar faol ishtirok etib, Navro‘zning tinchlik, do‘stlik va mehr-oqibat ramzi ekanligini yana bir bor his qildilar.
Bahoriy shodiyonalar davom etmoqda, Navro‘z barchaga quvonch olib kelsin!