WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
20 IyulIyulIyul 2026 22 ko'rishlar

Toshkent davlat yuridik universiteti va RÖDL in Uzbekistan kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Uchrashuv davomida universitet bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, talabalar uchun RÖDL in Uzbekistan kompaniyasida amaliyot va stajirovka o‘tash imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim jarayoni va yuridik amaliyot integratsiyasini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

   Shuningdek, tomonlar xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga joriy etish, malakali mutaxassislarni tayyorlash, talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdi.

   Ma’lumot uchun: “RÖDL in Uzbekistan” dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida faoliyat yurituvchi xalqaro kompaniya tarmog‘ining bir qismi bo‘lib, yuridik, soliq va audit konsaltingi sohasida keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etadi. Mazkur hamkorlik universitet talabalari uchun xalqaro standartlar asosida amaliy tajriba orttirish va zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlarini kengaytiradi.

    Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF–232-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida yuridik ta’lim sifatini oshirish, ta’lim va amaliyot integratsiyasini mustahkamlash hamda bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlarning navbatdagi bosqichi hisoblanadi.

Boshqa yangiliklar