WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
01 MayMayMay 2024 17 ko'rishlar

Istiqbolli hamkorlik

Qarshi davlat universitetida jahon talablariga javob beradigan filologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi

Joriy yilning 29 aprel — 1 may kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahrida Birinchi O‘zbekiston-Belarus professional ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Avezimbetovich Sharipov boshchiligidagi ta’lim muassasalari delegatsiyasi Minsk shahrida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

29 aprel kuni Birinchi O‘zbekiston-Belarus forumi o‘z ishini boshladi. Seksiya yig‘ilishida Minsk davlat lingvistika universiteti rektori Natalya Yevgenevna Lapteva va Qarshi davlat universiteti rektori Dilmurod Xamidullayevich Nabiyev o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shartnomaga ko‘ra, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, axborot almashinuvi hamda maslahat va axborot xizmatlari sohasi, ilmiy va ijodiy faoliyat sohalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida filologiya tillarni va o‘qitish: ingliz tili, nemis tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 3+1 va lingvistika: ingliz tili magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 1+1 shakllarida qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etiladi. Bundan tashqari, Minsk davlat lingvistika universiteti bilan hamkorlikda Qashqadaryo yoshlarini nemis tiliga o‘rgatish bo‘yicha intensiv kurslar ochiladi.

Boshqa yangiliklar