05 NoyabrNoyabrNoyabr 2025
69 ko'rishlar
Qo‘qon davlat universiteti o‘qituvchilari Qozog‘istonda malaka oshirmoqda
Qo‘qon davlat universitetining 15 nafar professor-o‘qituvchisidan iborat delegatsiya hozirda Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetida malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda.
Ushbu o‘quv dasturi doirasida o‘qituvchilar zamonaviy ta’lim texnologiyalari, innovatsion yondashuvlar hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganmoqdalar. Malaka oshirish kurslari 4-dekabrga qadar davom etadi.
Mazkur tashrif ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada oshirish va ta’lim sifatini takomillashtirishga xizmat qiladi.