Hindistonlik professorlar TDYU talabalariga dars beradi
Hindiston davlatining Milliy sud ekspertiza universiteti (National Forensic Sciences University) professorlari Purvi Pokhariyal, Shankar Onkar Junare va mazkur universitet qoshidagi Axxonet tadqiqot laboratoriyasi olimi (Axxonet Research Laboratory) Mukundan Chetan Satyajitni Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda TDYU va Hindiston milliy sud ekspertiza universiteti o’rtasida magistratura yo’nalishida “Kiber jinoyat huquqi va raqamli kriminalistika” qo’shma o’quv dasturini yo’lga qo’yish hamda “Yozgi maktab” tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, hindistonlik professorlarning TDYU bakalavriat va magistratura talabalari uchun “Kiber huquq asoslari”, “Kiber sug‘urta”, “Kiber makonda inson huquqlari”, “Kiber jinoyatlarni tergov qilish”, “E-boshqaruv”, “IIJ and ODR”, “Raqamli advokatura” “Sun’iy intellekt, Robototexnika va Huquq” fanlaridan dars berish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Endilikda hindistonlik mutaxassislar 16—20-aprel kunlari yuqorida sanab o‘tilgan fanlar bo‘yicha TDYU talabalariga saboq berishadi.