05 AprelAprelAprel 2025
63 ko'rishlar
Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik – dolzarb masala.
Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida talabalar bilan navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut birinchi prorektori Ahmadjon Husanov, Qo‘qon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik D. Otamirzayev ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida favqulodda holatlarning oldini olish, aholining xavfsizligini ta’minlash hamda talaba-yoshlarni ogohlik va mas’uliyat ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan keng qamrovli ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tajribali mutaxassis tomonidan talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar va tajriba asosida real vaziyatlarga tayyor turish yuzasidan foydali tavsiyalar berildi.