WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
01 IyulIyulIyul 2026 9 ko'rishlar

UrDUda xalqaro akkreditatsiya jarayoniga tayyorgarlik uchrashuvi bo‘lib o‘td

Germaniyaning ACQUIN tashkiloti dastur menejeri Janine Igl UrDU rektori Feruza Madrahimova bilan 2–3-iyul kunlari o‘tkaziladigan xalqaro akkreditatsiya tashrifining tashkiliy masallarini muhokama qildi.

Urganch davlat universitetida ta'lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazish tayyorgarligi doirasida Germaniyaning ACQUIN tashkiloti dastur menejeri Janine Igl universitet rektori Feruza Madrahimova bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida 2–3-iyul kunlari o'tkaziladigan va Germaniya, Shveysariya, Malta, Iordaniya, Turkiya hamda Buyuk Britaniya ekspertlari ishtirok etadigan tashrif dasturi muhokama qilindi. Akkreditatsiya jarayonida Iqtisodiyot, Buxgalteriya hisobi, Marketing, Turizm, Oziq-ovqat texnologiyasi hamda Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash kabi 9 ta yo'nalish va mutaxassislik xalqaro mezonlar asosida baholanishi belgilangan.

Boshqa yangiliklar