10 DekabrDekabrDekabr 2024
46 ko'rishlar
Xorijiy mamlakatlardagi o‘zbekistonlik yoshlar bilan doimiy hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.
Bugun Qo‘qon davlat pedagogika instituti va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi hamkorligida xorijdagi vatandoshlarimiz bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Xitoy, BAA, Qozog‘istonda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik yoshlar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazildi. Shuningdek, yoshlarning takliflari va tashabbuslari tinglandi. Xorijiy davlatlarda ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlarni yurtimizdagi mahalliy va xorijiy korxonalar, ta’lim muassasalari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘tkazilgan onlayn uchrashuv davomida yoshlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berilib, bildirilgan takliflarni ijobiy hal etishga kelishib olindi.