Xorijiy talabalar tourism yarmarkasida ishtiroki
O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Xalqaro turiam yarmarkasida o'zining stendi bilan ishtirok etdi.
Akademiyaning xorijiy talabalari xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etishdi ✅29-noyabr poytaxtimizning “CAEx” xalqaro koʻrgazmalar markazida “Ipak yoʻlida turizm” 30-yubiley Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (TXTY-2025) o‘z ishini davom etdi. ✅Mazkur yarmarkada O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi vakillari ham o‘zlarining ko‘rgazmasi bilan ishtirok etishdi. ✅Xorijiy talabalar O‘zbekistonning turli viloyatlari va shaharlaridagi sayyohlik salohiyati, tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Har bir viloyat o‘zining maxsus stendi orqali milliy an’analari, gastronomiyasi va sayyohlik imkoniyatlarini taqdim etdi. ✅Shuningdek, ko‘rgazma doirasida turli viloyatlarning madaniy va an’anaviy mahsulotlari, suvenirlar va turistik yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar. Ko‘rgazma davomida ishtirokchilar milliy raqs va musiqiy chiqishlar, shuningdek, an’anaviy hunarmandchilik namunalarini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. ✅Bundan tashqari, mehmonlar uchun yurtimizning turistik marshrutlari, dam olish maskanlari va tabiiy go‘zalliklarini aks ettiruvchi vizual taqdimotlar tashkil etildi. ✍️Tojikistonlik xorijiy talabamiz Mamatzoda Muminjon o‘zining xattotlik mahoratini Akademiya stendida namoyish etdi.