WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
28 AprelAprelAprel 2026 19 ko'rishlar

Almata sahnasida yosh dizaynerlarimiz — yangi g‘oyalar, katta imkoniyatlar!

Almata sahnasida yosh dizaynerlarimiz — yangi g‘oyalar, katta imkoniyatlar!

“To‘qimachilik sanoati injineringi” fakulteti “Dizayn” ta’lim yo‘nalishi talabalari va o‘qituvchilari xizmat safarida Qozog‘iston Respublikasining Almata shahrida joylashgan Almata texnologiyalari universitetida o‘tkazilgan “Jas O‘rken” 13-xalqaro moda haftaligida munosib ishtirok etdilar.
Xalqaro moda haftaligi yildan-yilga o‘z nufuzini oshirib borayotgan yirik ijodiy platforma bo‘lib, bu yil ham innovatsion yondashuvlar, zamonaviy dizayn yechimlari va ayniqsa talaba-qizlarning jasoratli va noodatiy g‘oyalari bilan xalqaro ekspertlar e’tibor markazida bo‘ldi.

Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalaridan tashrif buyurgan yosh dizaynerlar o‘z kolleksiyalarini namoyish etishdi.

Xalqaro tajriba yosh dizaynerlarning ijodiy salohiyatini yanada oshirish, global moda sanoatiga dadil qadam tashlashiga undash va kelgusida jahon podiumlarida O‘zbekiston nomini munosib himoya qilishlariga xizmat qiladi. 

Boshqa yangiliklar