WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
10 NoyabrNoyabrNoyabr 2025 103 ko'rishlar

Universitetimiz nufuzli xalqaro tashkilotga a’zo bo‘ldi

6-8-noyabr kunlari BuxDU rektori O.Xamidov Ruminiyaning Buxarest shahrida “IREG Observatory on Academic Ranking and Excellence – IREG Akademik reytinglar va mukammallik observatoriyasi” tomonidan tashkil etilgan “Sun’iy intellektning oliy ta’lim hamda reytinglarga ta’siri” mavzusidagi yillik yig‘ilishida ishtirok etishi qatorida bir qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari va xalqaro reyting agentliklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Shu jumladan, Ruminiya ta’lim vaziri Ligia Deca, IREG Observatory prezidenti Waldemar Sivinski, Abu Dabi universiteti rektori Ghassan Aouad, Elsevier tashkiloti vitse-prezidenti Aleks Fatxullin, Webometrics reyting agentligi direktori Isidro Aguillo, GreenMetrics reytingi rahbari Riri Fitri Sari va boshqalar bilan oliy ta’lim sohasidagi yangiliklar bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Jo‘rayev ham bir qator muzokaralar jarayonlarida qatnashmoqda.
Yig‘ilish doirasida Buxoro davlat universiteti IREG Akademik reytinglar va mukammallik observatoriyasi a’zoligiga qabul qilindi. Ushbu a’zolik oliy ta’lim va xalqaro reytinglar tizimidagi o‘zgarishlar hamda mavjud tendensiyalardan doimiy va o‘z vaqtida xabardor bo‘lish, ushbu sohadagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatini beradi.

Boshqa yangiliklar