WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
12 NoyabrNoyabrNoyabr 2024 26 ko'rishlar

Olimlarimiz Turkiyada maʼruzalar oʻqimoqda

Xabaringiz bor, Qo‘qon davlat pedagogika instituti Turkiyaning Otaturk universiteti bilan koʻplab yoʻnalishlarda yaqin hamkorlik aloqalari oʻrnatgan.

Ayni kunlarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti O‘zbek va rus filologiyasi fakulteti dekani, professor Dilnoza Jamoliddinova hamda dotsent Mirhojiddin Jamoliddinovlar Otaturk universiteti talabalariga maʼruzalar oʻqimoqda.

ERASMUS+ (https://t.me/kspi_rector/10755) dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ushbu hamkorlik natijasida turkiyalik talabalar Qoʻqon davlat pedagogika instituti olimlaridan oʻzbek tili va adabiyotiga oid nazariy bilimlar olish imkoniga ega boʻlmoqdalar.

Boshqa yangiliklar