WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
22 AprelAprelAprel 2024 28 ko'rishlar

Vakillarimizning Boshqirdistonga safari davom etmoqda.

Ayni paytda xizmat safari bilan Akmulla nomidagi Boshqird davlat universitetida bo‘lib turgan Qo‘qon davlat pedagogika instituti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Nigora Qodirova va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i Shahnoza Qarshiyevalar bugun boshqird-o‘zbek folklor tili aloqalariga bag‘ishlangan davra suhbatida ishtirok etdilar.

Shuningdek, o‘tgan yilning aprel oyida Boshqird davlat universiteti bilan hamkorlikda ochilgan “O‘zbek tili markazi”da (https://t.me/kspi_rector/12146) o‘tkazilgan davra suhbatida Boshqird filologiyasi fakulteti dekani  Leyla Xusainova, Turk va sharq filologiyasi kafedrasi mudiri Aytugan Kulanchin, QDPI prorektori Nurbek Jo‘rayev, Namunaxon Begmatova, talabalar, tadqiqotchilar, magistrlar qatnashdilar.

Davra suhbatida “Alpomish” dostonining boshqird versiyasi, boshqird va o‘zbek xalq o‘yinlaridagi umumiylik, boshqird va o‘zbek tillarining frazeologik tahlili kabi masalalar muhokama qilindi.

Boshqa yangiliklar