22 AprelAprelAprel 2024
46 ko'rishlar
Vakillarimiz “Mirzo Ulug‘bek ilmiy merosining zamonaviy astronomiya fani va ta’limi ravnaqidagi roli” mavzusidagi XIII ilmiy-amaliy anjumanda qatnashmoqda.
O‘zFA Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti va Shahrisabz davlat pedagogika instituti hamkorligida tashkil etilgan ikki kunlik anjumanda Qoʻqon davlat pedagogika instituti Fizika va astronomiya kafedrasi oʻqituvchisi Umidaxon Isomaddinova va fakultetning toʻrt nafar iqtidorli talabalarl bevosita ishtirok etmoqda.
Anjumanning ilk kunida O‘z FA Astronomiya institutining yetakchi olimlari astronomiya, nazariy va amaliy astrofizika bo‘yicha ma’ruzalar o‘qidilar, astronomiya fani sohasidagi oxirgi yangiliklar bilan tanishtirdilar. Talabalarimiz ma’ruzalardan tashqari kuzatuvlar ishlarida ham ishtirok etmoqdalar.