WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
08 SentabrSentabrSentabr 2025 5 ko'rishlar

Terma jamoamiz xalqaro turnirda faxrli o‘rin egalladi.

Terma jamoamiz xalqaro turnirda faxrli o‘rin egalladi Joriy yilning 3–8-sentabr kunlari Belarussiyaning “Palova” arenasida xalqaro basketbol turniri bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan O‘zbekiston U-18 3x3 basketbol terma jamoasi munosib ishtirok etib, yakunda faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Eng quvonarlisi shundaki, terma jamoa tarkibida Jizzax davlat pedagogika universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakultetining 1-bosqich talabasi, “Ziyokor” qizlar jamoasi a’zosi Mamirova Sevinch ham maydonga tushib, o‘zining ishonchli o‘yini bilan jamoa muvaffaqiyatiga munosib hissa qo‘shdi.

Endilikda terma jamoamiz vakillari 25-sentabr kuni start oladigan MDH Millatlar Ligasi musobaqasida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga yo‘l olishmoqda.

Boshqa yangiliklar