Ochiq eshiklar kuni
Farg'ona politexnika institutida ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tdi
Farg‘ona politexnika institutida 2024-2025 o‘quv yili uchun institutga abiturientlarni jalb etish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 15-may kuni “Kel, hayotingni FarPI bilan bog‘la” shiori ostidagi “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo'lib o‘tdi. Tadbirda viloyatdagi shahar va tumanlardan umumiy o‘rta ta’lim maktabi va litseylardan 1000 dan ziyod bitiruvchi o‘quvchilar ishtirok etdi.
Har bir fakultetdan jalb qilingan volontyor talabalar tomonidan tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar kutib olinib, esdalik sovg‘alari ulashinish asnosida Renessans holl, Student office, muzey, madaniyat saroyi, fakultetlar, institut hududi, Talabalar turar joyi, institut oshxonasi, sport kompleksi bo‘yicha sayohat uyushtirildi va shu bilan birga yo‘nalishlar, mutaxassisliklar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbirni ochilishida institut rektori O‘.R.Salomov hamda Farg‘ona viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.A.Dolimovlar tomonidan bitiruvchi o‘quvchilarga omad tilab, yetuk mutaxassis kadr bo‘lib yetishlariga ezgu tilaklar bildirildi.
Shundan so‘ng, institut va Farg‘ona viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida memorandum imzolanib, Prezidentimiz tashabbusi bilan yangi oquv yili qabuliga doir o‘zgarish va imkoniyatlar taqdimot shaklida targ‘ib qilindi.