WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
27 FevralFevralFevral 2026 14 ko'rishlar

UrDU va Turkiyaning Chanakkale Onsekiz Mart universiteti o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi

Urganch davlat universiteti hamda Turkiyaning Chanakkale Onsekiz Mart universiteti vakillari akademik almashinuv va qo‘shma ilmiy loyihalar bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Turkiya Respublikasining oliy o‘quv yurtlari, xususan, Chanakkale Onsekiz Mart universiteti vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur muloqot davomida tomonlar ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va akademik almashinuv yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuvda Urganch davlat universiteti nomidan Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Gʻ.Oʻrazboyev hamda Filologiya va san'at fakulteti dekani D. G‘ayipov boshchiligida kafedra mudirlari ishtirok etishdi.

Muloqot davomida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yish va istiqbolli ilmiy loyihalar bo‘yicha kelishib olindi. Ushbu onlayn uchrashuv ikki universitet o‘rtasidagi do‘stona va ilmiy aloqalarni mustahkamlash uchun samarali maydon bo‘lib xizmat qildi.


Boshqa yangiliklar