15 MartMartMart 2025
33 ko'rishlar
Yurtimizga Navruzi olam bayrami kirib kelish munosabati bilan Psixologiya kafedrasi tomonidan talabalar oʻrtasida "Marhabo oqibat, mehr ayyomi" nomli tanlov tashkil etildi.
Tadbirda Psixologiya kafedrasi professor-oʻqituvchilari, ARM xodimlari, magistrlar va barcha fakultetlardan talabalar ishtirok etdilar. Tanlov ishtirokchilari milliy kuy-qoshiq va raqslar, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi boʻyicha savol - javob hamda psixologik treninglar oʻtkazish shartlari boʻyicha bellashdilar.
Yakunda Amaliy fanlar fakultetining Musiqa taʼlimi yoʻnalishi talabalari mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Pedagogika va ijtimoiy fakulteti talabalari "Siyosiy bilimdonlar" nominatsiyasini, Oʻzbek va rus filologiyasi fakulteti talabalari "Notiqlar" nominatsiyasini, Amaliy fanlar fakulteti talabalari "Eng zoʻr psixologik metodchilar" nominatsiyasini qoʻlga kiritdilar.