WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
21 FevralFevralFevral 2026 12 ko'rishlar

XALQARO MAYDONDA: IFINS INSTITUTI BILAN QO‘SHMA DASTURLAR YO‘LGA QO‘YILADI

O‘zbekiston va Germaniya universitetlari birinchi forumi” doirasida Shimoliy Reyn-Vestfaliya o'lkasining Zigen shahridagi "Institut für Internationale Sprachen e.V." - Xalqaro tillar instituti bilan o’zaro hamkorlik kelishuviga erishildi.

Muzokaralar davomida IFINS instituti rahbari Mina Vilgelm bilan nemis tilini o'qitishning yangi metodik imkoniyatlari, xususan nemis tili va kasbiy ta'lim pedagoglarini tayyorlashda qo'shma dasturlarni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek muzokaralar davomida Namangan davlat pedagogika instituti va Xalqaro tillar instituti (IFINS) bilan hamkorlik memorandimu imzolandi. O’zaro hamkorlik va do’stlik aloqalarini yana-da mustahkamlash asnosida esdalik sovg’alari topshirildi.

Boshqa yangiliklar