06 AprelAprelAprel 2024
26 ko'rishlar
5-aprel kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti faollar zalida "Gender tengligi va xotin-qizlar huquqi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Davra suhbatida Adolat-sotsial demokratik partiyasi tuman kengashi a’zosi M.Abdurazzoqova, institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Xasanova va fakultet xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda, xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, oilada zo'ravonliklarning oldini olish kabi bir qator masalalar yuzasidan atroflicha mulohaza yuritildi, fikrlar tinglanib, savollarga batafsil javoblar berildi.
Shuningdek, qizlarga oilada farovon va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun muhim bo‘lgan tavsiya va maslahatlar berildi.