Xitoyga rasmiy tashrif: xalqaro hamkorlik va ta’lim eksportini kengaytirish sari qadam tashlandi.
Fan va texnologiyalar universiteti rahbariyati vakillari — M. Ahmedov va J. Odilovdan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy xizmat safari bilan tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar
Mazkur xizmat safarining maqsadi universitetning xalqaro aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan bo'lib, quyidagi ustuvor yo'nalishlarni qamrab oladi:
-
Xalqaro hamkorlikni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish;
-
Xitoylik yoshlarni universitetimizga jalb qilish orqali ta’lim xizmatlari eksportini kengaytirish;
-
Xitoyning yetakchi ta’lim va sanoat subyektlari bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish.
Tashrif doirasida amalga oshirilgan ishlar
Delegatsiya a'zolari Xitoydagi faoliyati davomida qator muhim tadbirlarda ishtirok etdilar:
-
Xitoyning yetakchi tashkilotlari va ta’lim muassasalari rahbariyati bilan rasmiy muzokaralar o‘tkazildi.
-
Talabalar almashinuvi, qo‘shma ta'lim dasturlari va akademik mobillik masalalari chuqur muhokama qilindi.
-
Amaliy ta’limni rivojlantirish va ilg'or dual ta’lim modelini o'quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha o'zaro tajriba va fikr almashildi.
Ushbu tashrif universitetning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, xorijiy talabalar oqimini ko‘paytirish va global ta’lim tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlash yo‘lidagi muhim strategik qadam hisoblanadi. Oldimizda yangi imkoniyatlar, yirik hamkorliklar va yuksak natijalar kutmoqda.