WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
10 YanvarYanvarYanvar 2025 18 ko'rishlar

Yangilik

Navoiy davlat Universiteti hamda Turkiyaning Anadolu universiteti o`rtasida Erasmus+KA171ICM loyihasi yo`lga qo`yildi

Navoiy davlat universiteti hamda Turkiyaning Anadolu universiteti o‘rtasida ilk bor “Erasmus + KA 171 ICM” loyihasi yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu loyihada ishtirok etish ta’lim tashkilotlarining salohiyati, jozibadorligi va xalqaro ko‘lamini oshiradi.

– Loyihaning asosiy maqsadlaridan biri oliy ta’limda mukammallikni targ‘ib qilish bilan birga mehnat bozori integratsiyasi uchun ko‘nikmalarni, jumladan, tashabbuskorlik ruhi, raqamli va lingvistik kabi ko‘nikmalarni kuchaytiradi, – deydi universitet rektori Muhiddin Kalonov. – Shuningdek, loyiha doirasida yangi texnologiyalarning barcha imkoniyatlaridan foydalanish, ijtimoiy tenglikni rag‘batlantirish va pedagogik hamda kasbiy salohiyat darajasini oshirish ham ko‘zda tutilgan. Loyiha ishtirokchilarga asosiy bilim va ko‘nikmalarini, kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va madaniyatlar haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirishga yordam beradi.

Tadbir doirasida oliy ta’lim muassasalarining xalqaro strategiyasiga muvofiq, Yevropa va boshqa davlatlarda talabalar hamda professor-o‘qituvchilar mobillik loyihalari amalga oshiriladi

Boshqa yangiliklar