WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
25 AvgustAvgustAvgust 2026 22 ko'rishlar

Huquqiy yordam, ilm-fan va ijtimoiy himoya yo‘lida yangi hamkorlik

Toshkent davlat yuridik universiteti “Vatandoshlar” jamoat fondi hamda “Ishonch va Hayot” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi.

Huquqiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, aholining turli qatlamlariga amaliy huquqiy ko‘mak ko‘rsatish hamda ilmiy salohiyatni birlashtirishga qaratilgan mazkur hamkorlik doirasida TDYU Yuridik klinikasi imkoniyatlaridan foydalangan holda bepul huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Xususan, qo‘shma tashabbuslar doirasida:
— xorijda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari va vatandoshlarimizga huquqiy maslahat berish;
— OIV bilan yashayotgan shaxslar hamda boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarga huquqiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatish;
— dolzarb huquqiy hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish;
— ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va treninglar tashkil etish;
— huquqiy qo‘llanmalar, uslubiy tavsiyalar hamda ma’rifiy materiallarni birgalikda ishlab chiqish nazarda tutilgan.

Mazkur hamkorlik TDYU talabalari uchun ham yangi imkoniyatlar yaratadi. Ular real ijtimoiy-huquqiy loyihalarda ishtirok etish, fuqarolar bilan ishlash, amaliy huquqiy masalalarni tahlil qilish va professional ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ladi.

Boshqa yangiliklar