Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev va Hindistonning Oʻzbekistondagi elchisi Smita Pant xonim oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi

Universitetda ushbu mamlakat bilan mustahkam hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. Jumladan, birgina ITEC dasturi doirasida oxirgi yillar mobaynida 70 nafardan ortiq professor-oʻqituvchi Hindistonda boʻlib qaytdi. 8 nafar talaba Hindistonda har yili oʻtkaziladigan butunjahon yoshlar festivalida ishtirok etdi.
Hozirda universitetda Javoharlaʼl Neru nomidagi universitet doktoranti Bxagat Mansi almashinuv dasturi boʻyicha tahsil olmoqda. Universitetda Hindiston oʻquv xonasi tashkil etilgan boʻlib, yangi oʻquv yilidan hind tilini oʻrgatish yoʻlga qoʻyiladi.
Elchi xonim bilan biotexnologiya, dizayn, sunʼiy intellekt kabi yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik takliflari bildirildi va ushbu takliflar mamnuniyat bilan qabul qilindi.