WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
29 MayMayMay 2025 27 ko'rishlar

O‘zbekiston va Ozarbayjon OTMlari rektorlari I forumi doirasida 60 ga yaqin hujjat imzolandi

28-may kuni “O‘zbekiston – Ozarbayjon: oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari I forumi ilk kuni doirasida yalpi majlis bo‘lib o‘tdi.

Unda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari, jumladan akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy-tadqiqot loyihalari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi, tajriba almashildi.

Tadbirda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Ozarbayjon Fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Idris Isayev hamda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Forum doirasida o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlarda amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslar muhokama qilindi.

Boshqa yangiliklar