WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
20 MartMartMart 2025 108 ko'rishlar

Aniq va tabiiy fanlar fakultetida Navro‘z bayrami nishonlandi.

Yangilanish va yasharish ramzi bo‘lmish Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bugun Aniq va tabiiy fanlar fakultetida ko‘tarinki ruhda bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Bayram dasturi milliy urf-odat va anʼanalarimizni aks ettiruvchi rang-barang chiqishlarga boy bo‘ldi. Talabalar tomonidan sahnalashtirilgan tomoshalar, sho‘x kuy-qo‘shiqlar barchaga bayram kayfiyatini ulashdi.

Tadbirda so‘z olgan ustoz va murabbiylar Navro‘zning qadimiy tarixiy ildizlari, uning tinchlik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik kabi fazilatlarni targ‘ib etuvchi bayram ekanini ta’kidladilar.

Boshqa yangiliklar