NamDTU Xitoyning ilg‘or kimyoviy tolalar sanoati bilan strategik hamkorlikni kengaytirmoqda
NamDTU Xitoyning ilg‘or kimyoviy tolalar sanoati bilan strategik hamkorlikni kengaytirmoqda
Ayni kunlarda Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev hamda To‘qimachilik sanoati injineringi fakulteti professori Zokirjon Erkinov xizmat safari bilan Xitoyda bo‘lib turibdi. Tashrif davomida kimyoviy tolalar uchun yuqori texnologik uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Zhangjiagang New Unibest Trading Co. Ltd” kompaniyasi rahbari Shen Yanjun bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Uchrashuvda kimyoviy tolalar ishlab chiqarish jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy mashinasozlik yechimlari, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlari hamda nanotexnologiyalar asosidagi innovatsion texnologiyalar muhokama qilindi. Shuningdek, energotejamkor uskunalarni ta’lim va ilmiy tadqiqot jarayonlariga integratsiya qilish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.
Delegatsiya korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va texnologik liniyalari bilan yaqindan tanishdi. Muzokaralarda NamDTU bazasida zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish hamda spin-off korxonalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama markazida bo‘ldi.