WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
06 NoyabrNoyabrNoyabr 2024 14 ko'rishlar

NamMTI va AQSHning Fulbright dasturi hamkorligida ilmiy workshoplar davom etmoqda.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda AQShning Fulbright dasturi hamkorligi doirasida institutda turli mavzularda ilmiy suhbatlar va target guruhlarda talabalar o‘rtasida interaktiv seminarlar o‘tkazilmoqda.

Bu galgi seminar Iqtisodiyot va Muhandislik-texnologiya fakulteti talabalari uchun AQShning Liberty universitetidan ilmiy tadqiqotchi David Leffler hamda Pittsburg universitetidan ilmiy tadqiqotchi Jacqueline Sharp bilan hamkorlikda tashkil etildi. Seminar davomida talabalar tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, tadbirkorlik va ishlab chiqarish integratsiyasi, muhandislik va sun’iy intellekt kabi mavzular bo‘yicha qimmatli bilimlarga ega bo‘lishdi. 

Mazkur tadbirlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otmoqda, mutaxassislarning institutdagi faoliyatlari esa davom etmoqda.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar