WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
02 NoyabrNoyabrNoyabr 2024 15 ko'rishlar

Namanganda "Talaba — yugur!" ko‘ngillilar yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Sogʻlom hayot sari qadam qoʻyish va sportni hayot tarziga aylantirish yo‘lida yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida Namangan viloyatida “Talaba — yugur!” ko‘ngillilar yugurish musobaqasi tashkil etildi. Ushbu tadbirda Namangan muhandislik-texnologiya institutining 500 nafardan ortiq talabalari faol ishtirok etishdi!

🚀 Ushbu musobaqaning maqsadi — yoshlarni jismoniy faollikka chorlab, ularni sog‘lom turmush tarzi tomon undashdir. Institutimiz talabalarining sportga bo‘lgan qiziqishi va musobaqaga qo‘shgan hissasi diqqatga sazovor.

🏆 Ishtirokchilar nafaqat yugurishda o‘zlarini sinab ko‘rdilar, balki jamoaviy ruhiyat, do‘stona muhit va sog‘lom turmush tarziga sodiqliklarini namoyon etdilar. Bu kabi tadbirlar talaba-yoshlarning motivatsiyasini oshirishda katta rol o‘ynaydi va ularni doimiy sport bilan shug‘ullanishga undaydi.

Institutimiz yoshlari bilan faxrlanamiz va kelgusida ularning yanada yuksak marralarni zabt etishlariga tilakdoshmiz! 

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar