WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
20 AprelAprelAprel 2026 15 ko'rishlar

Namangan – Avstriya: turizm ta’limida yangi bosqich boshlandi!

Namangan – Avstriya: turizm ta’limida yangi bosqich boshlandi!

Krems shahrida joylashgan IMC Krems amaliy fanlar universitetiga tashrif doirasida O'zbekiston delegatsiyasi universitetning turizm iqtisodiyoti va kimyoviy fanlar yo‘nalishidagi ilg‘or tajribasi hamda zamonaviy laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdi.

Muzokaralar yakunida bir qator muhim kelishuvlarga erishildi:

- NamDTU va IMC Krems o‘rtasida hamkorlik memorandumi (MoU) imzolash;
- Chortoq tumanida joylashgan NamDTU qoshidagi 1-sonli texnikum bazasida “Mehmonxona boshqaruvi” yo‘nalishida 2+1 qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish;
- texnikum o‘qituvchilari uchun Avstriya tajribasi asosida malaka oshirish dasturlarini joriy etish;
- NamDTU va IMC Krems hamkorligida “Turizm va mehmonxona” yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish.

Mazkur hamkorlik Namangan viloyatining turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqadi!
Shu bilan birga, xalqaro standartlarga mos, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash uchun mustahkam asos yaratadi.

Boshqa yangiliklar