WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
30 IyulIyulIyul 2026 37 ko'rishlar

Millat Umidi Universiteti talabalari AQShda!

Millat Umidi Universiteti talabalari Certiport Microsoft Office Specialist World Championship musobaqasida tarixiy natijaga erishdi

Millat Umidi Universiteti talabalari AQShda bo‘lib o‘tgan nufuzli Certiport Microsoft Office Specialist (MOS) World Championship xalqaro chempionatida munosib ishtirok etib, O‘zbekiston ta’limi tarixida muhim natijaga erishdilar.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston ilk bor ishtirok etdi va ilk ishtirokning o‘zidayoq dunyoning eng kuchli ishtirokchilari orasidan ikki nafar vakilimiz TOP–10 talikka kirishga muvaffaq bo‘ldi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra:

  • Microsoft Excel (Microsoft 365) yo‘nalishida Guzal Ruzieva dunyo bo‘yicha 7-o‘rinni egalladi.
  • Microsoft Word 2019 yo‘nalishida Davron Kambaraliev dunyo bo‘yicha 10-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu natijalar nafaqat universitetimiz, balki butun O‘zbekiston uchun tarixiy yutuq hisoblanadi. Talabalarimiz xalqaro maydonda yurtimiz bayrog‘ini munosib himoya qilib, mamlakatimiz yoshlari zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli ko‘nikmalar bo‘yicha dunyoning eng kuchli ishtirokchilari bilan raqobatlasha olishini yana bir bor namoyon etdilar.

Millat Umidi Universiteti ushbu muvaffaqiyatga erishishda fidoyilik bilan mehnat qilgan talabalarimizni, ularni tayyorlagan ustozlarni hamda doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ota-onalarni samimiy tabriklaydi va ularga chuqur minnatdorlik bildiradi.

Mazkur tarixiy natija universitetimizning xalqaro standartlarga mos, raqobatbardosh va zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash borasidagi izchil faoliyatining yorqin ifodasidir.

Millat Umidi Universiteti kelgusida ham xalqaro tanlov va chempionatlarda faol ishtirok etib, yanada yuksak marralarni zabt etishga intiladi.

Talabalarimizni ushbu tarixiy muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz va ularga kelgusi xalqaro musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz.

Boshqa yangiliklar