WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
17 IyunIyunIyun 2026 17 ko'rishlar

“Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish usullari va kibergigiyenani shakllantirish”

Buxoro davlat texnika universitetida kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar tashkil etildi. Mazkur tadbir Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Umidjon Xasanov tomonidan olib borildi. Seminar davomida kiberjinoyatchilar tomonidan qo‘llanilayotgan zamonaviy firibgarlik usullari, bank kartalari va elektron to‘lov tizimlari bilan bog‘liq xavfsizlik masalalari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish qoidalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga kibergigiyena ko‘nikmalarini shakllantirish, zararli havola va ilovalardan ehtiyot bo‘lish, ijtimoiy tarmoqlarda uchraydigan firibgarlik holatlariga nisbatan hushyorlikni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Boshqa yangiliklar