WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
23 MayMayMay 2026 6 ko'rishlar

Xitoyning XCMG kompaniyasi mas’ullari bilan uchrashuv: dual ta’lim istiqbollari muhokama qilindi

UrDU vakillari Xorazmdagi XCMG kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashib, muhandislik yo‘nalishida dual ta’limni yo‘lga qo‘yish va talabalarni ish bilan ta’minlash masalalarini ko‘rib chiqdilar.

O‘tgan haftada Urganch davlat universiteti rektori boshchiligida Xitoyning Xuzhou texnika universiteti bilan texnika va mashinasozlik yo‘nalishlarida xalqaro standartlarga mos mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan edi. Ushbu hamkorlikning mantiqiy davomi sifatida bugun universitetning Xalqaro hamkorlik boshqarma boshlig’i O.Sotiboldiyev va Xalqaro reytinglar bo’limi boshlig’i A.Reyimberganovlar Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan XCMG kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashdilar. Muzokaralarda qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil oluvchi talabalar uchun dual ta’lim tizimini joriy qilish, ya'ni ularning bevosita ushbu kompaniyada amaliyot o‘tashi va kelgusida ish faoliyatini olib borishi bilan bog‘liq strategik masalalar muhokama qilindi.

Boshqa yangiliklar