UrDU va Lyaonin pedagogika universiteti rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Xitoydagi xizmat safari doirasida UrDU rektori Lyaonin pedagogika universiteti rektori bilan uzoq muddatli strategik hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimovaning Xitoy Xalq Respublikasi Lyaonin provinsiyasi Dalyan shahridagi Lyaonin pedagogika universitetiga xizmat safari davom etmoqda. Tashrif doirasida Lyaonin pedagogika universiteti rektori Luo Wenbo boshchiligidagi jamoa tomonidan universitetimiz delegatsiyasi uchun qabul tashkil etildi. Samimiy muloqot davomida ikki oliygoh o‘rtasidagi uzoq muddatli o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, ta’lim va ilmiy sohalardagi qo‘shma loyihalarni jadallashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Safar jarayonlari davom etmoqda, batafsil ma’lumotlar berib boriladi.